Mirziyoyev Putinga hamdardlik bildirdi

0

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Magnitogors shahrida yuz bergan fojia munosabati bilan Vladimir Putinga hamdardlik maktubini yoʻlladi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Foto: Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati

“Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Magnitogorsk shahrida koʻp qavatli uy qulashining fojiali oqibatlari munosabati bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga chuqur hamdardlik bildirdi”, – deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Rossiyaning Chelyabinsk viloyati Magnitogorsk shahrida 31-dekabr kuni Moskva vaqti bilan 4.00da gaz portlashi oqibatida koʻp-qavatli turar joy podyezdi oʻpirilib tushgan va 26ta xonadon barbod boʻlgan edi. Ushbu xonadonlarda 46 kishi istiqomat qilgan, talafot yetgan hududda esa jami 120 kishi yashagan.

Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbari jabrlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarosi borligini, u oʻta ogʻir ahvolda ekanini aytgan edi.

Sal oldin yetti kishi halok boʻlganini, besh kishi, shu jumladan bir nafar bolakay jabr koʻrgani haqida xabar berilgan edi. Yana 37 kishining taqdiri nomaʼlumligicha qolmoqda. Ikkinchi yanvar sanasi Chelyabinsk viloyatida motam kuni deb eʼlon qilingan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting