Jurnalist Jamol Qoshiqchining jasadi Saudiya Arabistoni konsulligidan olib chiqilayotgani ko‘rsatildi

0

Turkiyada Istanbuldagi Saudiya Arabistoni konsulligidan taxminlarga koʻra jurnalist Jamol Qoshiqchining jasadi olib chiqilayotgan video namoyish etildi.

Foto: Google Images

Videoyozuvda bir necha kishi konsullikning asosiy kirish eshigidan beshta chamadon olib chiqilayotgani aks etgan. Mazkur videoni “Xaber” telekanali koʻrsatdi. Mamlakat hukumati mazkur videoyozuvni sharhlamadi.

Dastlabki malumotlarga ko‘ra, Jamol Qoshiqchi konsullik binosida o‘ldirilgan. Anqarada mazkur buyruqni Saudiya Arabistoni shahzodasi Muhammad ibn-Salmon bergan deya tahmin qilinmoqda. Ar-Riyodda jinoyatga aloqadorlar qo‘lga olinganligi aytilmoqda, ammo bu ishga mansabdorlarning aloqadorligini rad qilinmoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting