Yekaterinburgdagi bosh konsulxona: Magnitogorskda halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q

0

Rossiyaning Magnitogorsk shahrida turar joy binosi qulashi oqibatida qurbon boʻlganlar orasida 2019-yil 1-yanvar kuni ertalab holatiga Oʻzbekiston fuqarolari yoʻq. Bu haqda Oʻzbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsulxonasi maʼlum qildi.

Foto: OTV

2018-yil 31-dekabr kuni sodir bo‘lgan Magnitogorsk fojeasi bo‘yicha vaziyatni bosh konsulxona o‘z nazoratiga olgan.

Oldinroq mazkur portlashda O‘zbekiston fuqarosi jiddiy jarohat olgani va hozirda kasalxonaning jonlantirish bo‘limida ekanligi bildirilgandi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting