Yangi uylar qurish bo‘yicha renovatsiya dasturi joriy etiladi

0

Prezident oʻzining parlamentga murojaatnomasida renovatsiya dasturini, yaʼni, foydalanish muddati tugab, eskirib qolgan koʻp qavatli uylar oʻrnida bosqichma-bosqich eng zamonaviy sharoitga ega boʻlgan yangi uylar qurish dasturini ishlab chiqish lozimligini aytdi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Hukumat uch oy muddatda ko‘p qavatli uy-joy fondi to‘liq xatlovdan o‘tkazilishini ta’minlashi kerak. Yirik megapolislarning bu boradagi tajribasini o‘rgangan holda, renovatsiya dasturini amalga tatbiq qilish lozim.