2019-yilga “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili“ deb nom berildi

0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnoma yoʻllamoqda.

U “O‘zbekiston” va “O‘zbekiston-24” telekanallari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib berilyapti.

Murojaatnoma mamlakat parlamentiga ikkinchi marta taqdim etilmoqda.

Unda aytilishicha, 2018-yilda mahalliy byudjetlarga avvalgi yildagigiga nisbatan 32 barobar koʻp mablagʻ qoldirilmoqda. Davlat rahbarining aytishicha, bu joylardagi ijtimoiy masalalar, yigʻilib qolgan koʻplab muammolarni hal etish imkonini beradi.

Davlat rahbarining tashabbusi bilan kirib kelayotgan Yangi 2019-yilga “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojalanish yili” deb nom berish taklif etildi.

Parlament a’zolari bu taklifni olqishlar bilan qo‘llab-quvvatladi.