Rossiyadan qaytayotgan o‘zbekistonlikni do‘pposlashdi

0

5-dekabr kuni Buxoro viloyatining Qaxramon mahallasida yashovchi R.B. Rossiyadan qaytayotganda kaltaklangan, deb xabar qiladi IIV matbuot xizmatiga tayanib ”Uz24” nashri.

Foto: Uz24

“Lada-Largus” rusumli avtomashinasida yoʻlovchi sifatida uyiga qaytayotgan vaqtida haydovchi va uning yana bir yoʻlovchisi Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi S.N.lar Qozogʻiston hududiga yetib kelganlarida oʻzaro janjal sabab R.B.ning bosh hamda tanasining turli joylariga qoʻllari bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada R.B. kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida N.X. va S.N.lar qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.