AQSh mudofaa vaziri Mettis iste’foga chiqmoqda

0

AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis isteʼfoga chiqish borasida ariza berdi. Isteʼfoga chiqish borasida prezident Donald Trampga yoʻllagan murojaatida ayrim masalalar borasida yuzaga kelgan qarama qarshiliklar sabab boʻlgani koʻrsatib oʻtilgan.

Foto: AP

Mettis AQShning ittifoqchilari bilan faol hamkorlik qilish tarafdori boʻlib, Rossiya va Xitoy kabi davlatlarga qarshi turishni istashini taʼkidlaydi. Uning fikricha, Rossiya va Xitoy kabi davlatlar oʻzlarining avtoritar qarashlari bilan jahon tartibini qayta oʻzgartirishga urinishmoqda, jumladan oʻzlarining qoʻshnilari ishlariga aralashmoqda ekan. Pentagon rahbarining fikrlariga koʻra, bu kabi harakatlarga qarshi turish uchun Amerika ittifoqchilarini mustaxkamlash yoʻlida oʻzidagi mavjdud barcha imkoniyatlarni ishga solishi kerak.

“Qarashlari siznikiga yaqin boʻlgan mudofaa vaziriga ega boʻlish huquqi borligi sababli, men oʻz fikrimda qolgan holda isteʼfoga ketishga haqliman, deb hisoblayman”, deya yozdi Mettis. Uning isteʼfoga ketish sanasi kelasi yilning 28-fevral deya belgilandi.

Prezident Tramp Mettisning isteʼfosini tasdiqladi, u Twitterʼdagi sahifasida unga faoliyati uchun minnadorchilik bildirdi va soʻngi ikki yilda general rahbarlik qilgan davrida Pentagon qoʻlga kiritgan yutuqlarni taʼkidlab oʻtdi. Tramp tez orada yangi mudofaa vazirining ismni eʼlon qilishga vaʼda berdi.

Chorshanba kuni prezident Tramp bayonot berib, yaqin ikki oy mobaynida Amerika harbiylarining Suriyadan olib chiqilishini eʼlon qildi. Uning bu qadami AQSh ittifoqchilari tomonidan ham, kongress tomonidan ham tanqid qilindi. Taʼkidlanishicha, Mettis bu bosqichda qoʻshinlarning olib chiqilishiga qarshi chiqqan.

Shu bilan birga, Tramp Afgʻonistondan Amerika qoʻshinlarining maʼlum qismni olib chiqish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda, deya xabar berdi Amerika OAV oʻz ismini oshkor qilishni istamagan amaldorlarga tayangan holda. Ularning soʻzlariga qaraganda, bu boradagi qaror qabul qilingan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting