Puerto-Rikodagi iqtisodiy inqiroz tufayli 184 ta maktab yopiladi

0


Puerto-Rikodagi iqtisodiy inqiroz tufayli 184 ta maktab yopiladi, deya xabar qilmoqda Associated Press.

Ta’lim vaziri Yolanda Rosalining so‘zlariga ko‘ra, yoz faslining boshida mamlakatdagi 27 ming o‘quvchi boshqa maktablarga ko‘chiriladi.

Rosali o‘quvchilarning boshqa maktablarga ko‘chirilishi yuzasidan Ta’lim vazirligining kotibi Juliya Keleher tez orada batafsil ma’lumot berishini aytdi.