Alisher Usmonov Moskva muzeyiga noyob qurollar kollektsiyasini sovg‘a qildi

0

Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti, asli oʻzbekistonlik milliarder Alisher Usmonov oʻzining noyob qurollar kolleksiyasini Moskvadagi Sport muzeyiga taqdim etdi.

Foto: Kommersdant.uz

“Rossiya Madaniyat vazirligi ekspertlarining bahosiga koʻra, kolleksiya Rossiyada ham, xorijda ham oʻziga xos noyob va yagonadir”, – deyilgan xabarda.

Kolleksiya tarkibida 25 nusxadagi qilich va nayzalar oʻrin olgan.

Usmonovning mazkur kolleksiyasi muzeyning “Qilichbozlik” boʻlimi yangi zalida namoyishga qoʻyiladi.

Shuningdek, qilichbozlik mahoratiga oid noyob kitoblar to‘plami ham muzeyga hadya etilgan.

Alisher Usmonov “Qilichbozlik kelajagi uchun” Xalqaro xayriya jamg‘armasi ta’sischisidir. Sportning qilichbozlik turini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish – jamg‘armaning asosiy maqsadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting