Bahodir Jalolov professional boksdagi to‘rtinchi g‘alabasiga erishdi

0

Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan Bahodir Jalolov AQShning Kaliforniya shtati La Puente shahridagi “Industry Hills Expo Center” majmuasida oʻtkazilgan navbatdagi jangida amerikalik Valentin Markesga qarshi jang oʻtkazdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: MOQ

Bahodir jangning birinchi raundidayoq Markesni nokautga uchratdi va faoliyatidagi to‘rtinchi jangni ham muddatidan oldin yakunladi.

Shu tariqa, Bahodirning prof ringda o‘tkazgan janglari soni to‘rttaga yetdi. U barcha janglarini nokaut bilan yakunlagan.

Valentin esa prof ringda 10 ta jang o‘tkazgan. Beshta jangda g‘alaba (2 tasi nokaut bilan) qozongan, 5 ta jangda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. Bahodirga qarshi bahsda u faoliyatidagi ilk nokautini qabul qilib oldi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting