UNICEF soʻrovnomasi: Oʻzbekiston yoshlari yoʻllardagi qoidalarni yetarlicha yaxshi bilishadimi?

0

Yoʻl xavfsizligi masalalari hozirgi paytda jamiyatning eng dolzarb masala va muammolaridan biri hisoblanadi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda 2018-yilning 9 oyi mobaynida yoʻl-transport hodisalarida YTH 1600 dan koʻproq odam halok boʻlgan. Soʻrov orqali biz yoshlar YHQni qay darajada bilishlari, yoʻllarda nimaga eʼtibor berishlari, ularning fikricha, yuzaga kelgan vaziyatni yaxshilash uchun nima qilish zarurligini tahlil qilishga urinib koʻrdik. YHQga oid bilimlarni ommalashtirish va yoshlar oʻrtasida huquqiy madaniyatni oshirish uchun qanday usullar samarali boʻlishi ham tahlil qilindi.

Soʻrovda 670 ga yaqin kishi ishtirok etdi.

Soʻrovni butun holda tushunish uchun – bizning ishtirokchilarimiz savollarga javob berish paytida savollarga qaysi nuqtai nazardan qarashganlarini bilishga qaror qildik. Natijalarga koʻra, ishtirokchilarning 81%ini asosan piyodalar, 19%ini esa haydovchilar tashkil etdi. Shuning uchun quyida mashina haydovchilari emas, balki koʻproq piyodalarning fikri taqdim etilgan, deb xulosa chiqarish mumkin.

Shunday qilib, YHQi bilmaslik, ularga eʼtibor qilmaslik va yoʻllardagi past madaniyat, umumiy son nisbati boʻyicha 80%ga yaqin ovozlarga ega boʻldi va soʻrov ishtirokchilari tomonidan YTHning asosiy sababi sifatida koʻrsatildi.

YHQ boʻyicha oʻqitish toʻgʻrisidagi savol shakl va raqamlarda quyidagicha namoyon boʻldi:

  • ishtirokchilarning 51%i oʻzlari oʻqigan taʼlim muassasalarida YHQni oʻrganganlarini aytishgan;
  • 28%i haydovchilik va YHQni oʻrganish boʻyicha maxsus kurslarga qatnaganlarini;
  • 11%i oʻzlari mustaqil oʻrganganlarini;
  • 6% ishtirokchilarga ota-onalari oʻrgatishganliklarini;
  • 5% YHQni umuman oʻrganmaganliklarini aytishgan.

Bunda haydovchilik bo‘yicha maxsus kurslarda erkak ishtirokchilarning 36%i, ayol ishtirokchilarning 19% tahsil olishgan.

U-Report ishtirokchilarining javoblari shuni koʻrsatadiki, YHQ boʻyicha taʼlim tizimi ishtirokchilarning taxminan 30%i tomonidan “yaxshi” va “aʼlo”ga, va 70% esa 3 va undan pastroqqa baholashgan.

YHQ boʻyicha bilimlarni oshirish va YTHning oldini olish uchun, quyidagi usul, ishtirokchilar tomonidan, eng samarali deb aytildi:

  • TV dagi ijtimoy roliklar – 39%
  • Bekatlar va transport vositalaridagi posterlar – 23%
  • Yoʻllardagi reklama posterlari – 16%
  • Radiodagi ijtimoiy roliklar – atigi 2%.

Bundan tashqari, ishtirokchilardan oʻz variantlarini ham yozish soʻraldi va ishtirokchilar YHQ toʻgʻrisidagi bilimlarni ommalashtirish va YTH oldini olish uchun eng samarali deb topgan top-3 javoblar ham aniqlandi:

  • Maktab dasturiga YHQ boʻyicha toʻlaqonli fan joriy etish, oʻqitishga IIV/YHXDI xodimlarini jalb qilish. Bunda, boshqa muhim maktab fanlari qatorida yetarlicha oʻqitish soatlari taqdim etilishi lozim;
  • Media, OAV va hokazolar orqali yoʻl madaniyatini oshirish, oʻzaro hurmat hissini singdirish;
  • Haydovchilik guvohnomalari berishda, imtihonlardan oʻtishda nazoratni kuchaytirish, korruptsiyaga barham berish

Shuningdek, javoblar orasida quyidalar ham bor edi: jarimalar hajmini ham haydovchilar, ham piyodalar uchun oshirish, haydovchilik kurslarida oʻqitish narxini kamaytirish va ularning sonini oshirish, YHQni oʻqitish dasturini qayta koʻrib chiqish va hokazo.

Oxirgi paytlarda piyodalar oʻtish joylarida YTH koʻproq uchramoqda, bunda halokatli oqibatga olib kelganlari ham uchrab turibdi. Shuning uchun U-Report ishtirokchilariga Piyodalar oʻtish joylarida (POʻJ) YTHni oldini olish uchun zarur choralar toʻgʻrisida savol berildi:

Ishtirokchilarga POʻJda YTHning oldini olish uchun eng samarali deb hisoblaydigan chora toʻgʻrisidagi oʻz javob variantlarini yozishni soʻradik. Javoblar ichida quyidagilar eng koʻp ovozga ega boʻlishdi: har bir POʻJda kameralar oʻrnatish, har bir POʻJni YPX bilan taʼminlash, POʻJni belgilash uchun zamonaviy usullardan foydalanish (3D oʻtish joylari, vibratsion POʻJ va b.), POʻJda YTH uchun jarimani oshirish va piyodalar uchun yer usti va yer osti POʻJlar oʻrnatish.

Agar biror kishi YTHga uchrasa yoki YTHga guvoh bo‘lsangiz, 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Yo‘lingiz bexatar bo‘lsin!

Soʻrovning asosiy maqsadi mamlakat yoshlarining Yoʻl harakati qoidalari (YHQ) boʻyicha bilim darajasini va ular yoʻl-transport hodisalarining (YTH) sonini qisqartirish uchun nimani taklif qilishayotganini oʻrganishdan iborat.

U-Report jamoasidan maʼlumot: Soʻrov natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning ushbu mavzuga munosabatini bildirmaydi. Ushbu maʼlumotlar soʻrovda qatnashgan 670ga yaqin respondentlarning fikri boʻlib, u statistik maʼlumot emas va jamiyatdagi trend hamda tendentsiyalarni aks ettirishi mumkin.