Aktyor Oybek Odilov olamdan oʻtdi

465

Marhum sanʼatkor Inogʻom Odilovning farzandi- aktyor, rejissor Oybek Odilov xastalik tufayli bugun olamdan oʻtdi.

Foto: Google Images

U ota izidan borib ijod yoʻlini tanlagan edi. Oybek Odilov ilk bor Zulfiqor Musoqovning “Ayol zoti“ serialida tomoshabin nazariga tushgan. Rejissor sifatida “Osmon yaqin“ filmini suratga olgan.

Shuningdek, mohir dublyaj aktyori sifatida ham oʻziga xos ovoz sohibi edi.
Uning yorqin xotirasi hamkasblari, yaqinlari qalbida mangu yashaydi. Sirli tabassumi esa oʻzbek kinosining ekranlarida barhayot.

Marhum bugun asr nomozida soʻnggi manzilga kuzatiladi.