Euronews O‘zbekiston davlat san’at muzeyi haqida ko‘rsatuv namoyish etmoqda

0
329
marta oʻqilgan

Euronews telekanalida joriy haftada “O‘zbekistondan suratli nomalar” teleko‘rsatuvlar turkumi doirasida Davlat san’at muzeyiga bag‘ishlangan reportaj namoyish etiladi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar berdi.

Telekanal sharhlovchisi Sheymus Kerni teletomoshabinlarga mazkur muzey O‘zbekiston poytaxtining eng diqqatga sazovor maskanlaridan biri bo‘lib, bu yerga kelganlar mamlakatning tarixiy va madaniy merosi bilan tanishishlari mumkinligini tushuntiradi. Xususan, dasturda to‘rt qavatli muzeydan kulolchilik namunalaridan tortib moybuyoqda ishlangan shohona suratlargacha bo‘lgan uch mingdan ziyod eksponatlar joy olgani aytiladi.

Yaqin vaqt ichida Euronews’ning “O‘zbekistondan suratli nomalar” teledasturi doirasidagi O‘zbekistonning tarixiy shaharlari va sayyohlik manzillari haqidagi reportajlari davom etadi.

Muzey haqidagi reportajni 2017-yil 2-aprelgacha Euronews’da tomosha qilish mumkin.

Reportaj quyidagi grafik asosida efirga uzatiladi:

Chorshanba, 29-mart

Toshkent vaqti: 04:55; 18:18

Yevropa vaqti: 01:55; 15:18

Payshanba, 30-mart

Toshkent vaqti: 14:18; 17:14

Yevropa vaqti: 11:18; 14:14

Juma, 31-mart

Toshkent vaqti: 10:41; 19:20

Yevropa vaqti: 07:41; 16:20

Shanba, 1-aprel

Toshkent vaqti: 08:17; 12:14; 16:43

Yevropa vaqti: 05:17; 09:14; 13:43

Yakshanba, 2-aprel

Toshkent vaqti: 05:17; 20:19

Yevropa vaqti: 02:17; 17:19