Human Rights Watch vakili: Biz O‘zbekistonga qaytishga tayyormiz

0

Xalqaro Inson Huquqlari tashkiloti (“Human Rights Watch“) Oʻzbekistonga qaytishga tayyor. Bu haqda tashkilot vakili Stiv Sverdlov (Steve Swerlow) Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan “Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi 16 kun” nomli aksiyasida bergan intervyusida maʼlum qildi.

– Biz yil davomida Oʻzbekistonga tez-tez tashrif buyurib, oʻz faoliyatimizni olib bormoqdamiz. Hukumat vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazib, inson huquqlariga oid turli muammolarni muhokama qilyapmiz. Lekin hanuzgacha tashkilotimiz mamlakatda rasmiy maqomga ega emas, – deydi tashkilotning Oʻzbekistondagi vakili.

Bir necha yil oldin Oliy sud hamda boshqa instansiyalarning qarorlari bilan Oʻzbekistondan bir qator xalqaro tashkilotlar chiqib ketishga majbur boʻlgan edi, deydi Sverdlov. Ayni vaqtda esa tashkilot vakillari Oʻzbekiston tomoni bilan faol muzokaralar olib bormoqda.

– Yaqin oylar ichida “Human Rights Watch” Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtishi kutilmoqda. Men aniq sanani ayta olmayman. Hozir ikki tomon muloqotlar olib bormoqda. Biz Oʻzbekistonga qaytib, hamkorlik qilishga tayyormiz – deydi vakil.

Stiv Sverdlov yaqin kelajakda Oʻzbekistonda nafaqat “Inson huquqlari tashkiloti”, balki boshqa xalqaro tashkilotlar ham, xususan xalqaro OAVning ham roʻyxatdan oʻtishiga umid qilmoqda. “Human Rights Watchning Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtishi mamlakat uchun foydadan holi emas va bu mamlakatning xalqaro imijini mustahkamlaydi, deb hisoblaydi vakil.

Ixtiyor Rahmon

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting