GM Uzbekistan: Ravon avtomobillarining qaytarib olinishi O‘zbekiston bozorida sotilayotgan modellarga taalluqli emas

0

GM Uzbekistan kompaniyasi “Rosstandart”ning Rossiyada 5219 dona Ravon Nexia R3 avtomobili taʼmir uchun qaytarib olinishi haqidagi axborotiga rasmiy izoh berdi, deb yozadi“Podrobno.uz”.

Foto: “Podrobno.uz”

Kompaniyadan maʼlum qilishlaricha, faqat Rossiyada sotilgan va foydalanilayotgan R3 modellari qaytarib olinadi.

“Chiqarish shlangining joyidan qoʻzgʻalish ehtimoli Rossiya iqlimi sharoitlarida qish vaqtidagi past haroratda foydalanish xususiyatlari bilan izohlanadi”, — deyishdi Ravon Motors Rus vakolatxonasida.

Avvalroq mashinalarda gidravlik suyuqlik sizishiga olib kelishi mumkin boʻlgan nosozlik ehtimoli aniqlangan edi.

Transport vositalarida rul boshqaruvi tizimidagi shlangga ikki qoʻshimcha xomut oʻrnatiladi. Barcha taʼmirlash ishlari bepul amalga oshiriladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting