“Biz korrupsiyaga qarshimiz“ tanlovida IIV xodimi gʻolib boʻldi

0

Shu yilning 1-oktabridan 1-dekabrigacha Adliya vazirligi tomonidan bir qator xalqaro tashkilotlarning Oʻzbekistondagi vakolatxonalari bilan hamkorlikda ilk bor “Biz korrupsiyaga qarshimiz” megatanlovi boʻlib oʻtdi.

Foto: teletype.in

Bugun mazkur tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. “Eng yaxshi jurnalistik material”, “Eng yaxshi blogpost”, “Eng yaxshi ijtimoiy rolik”, “Eng yaxshi insho” kabi toʻrtta nominatsiyada tashkil etilgan tanlovda korrupsiyaga qarshi kurashda fuqarolarni ogohlikka chorlayotgan ishtirokchilar ragʻbatlantirildi.

Tanlov ikki oy davom etdi va unga 56 ta jurnalistik material, 89 ta blogpost, 8 ta ijtimoiy rolik taqdim etildi. Tanlov nizomida belgilangan mezonlar asosida materiallar hakamlar hayʼati tomonidan koʻrib chiqildi va baholandi. Materiallarda ushbu zararli, jirkanch illatga qarshi oʻsib kelayotgan yosh avlodda oʻziga xos fuqarolik pozitsiyasi, toqatsizlik
va murosasizlik mavjudligi aks etganiga alohida diqqat qaratildi.

Megatanlov doirasida maktab, kollej va oliy oʻquv yurtlari talabalari oʻrtasida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusidagi insholar tanlovi ham boʻlib oʻtdi. 22 mingdan ortiq ijodiy ish yigʻilgan bu tanlov orqali yoshlar bu illatga qarshi oʻz qarashlarini namoyon etdi.

Bugun tanlov gʻoliblarini taqdirlash boʻyicha tadbir tashkil etildi. Tadbirda qator vazirlik, idoralar, xorijiy davlatlarning va xalqaro tashkilotlarning yurtimizdagi elchixonalari va vakolatxonalari vakillari hamda tanlov gʻoliblari ishtirok etishdi. Gʻoliblariga iPhone X, Samsung Galaxsy S9 smartfonlari noutbuk va televizor kabi qimmatbaho sovgʻalar taqdim etildi.

Bundan tashqari, “Eng yaxshi insho” yoʻnalishida gʻolib boʻlgan ishtirokchi tahsil olayotgan Namangan viloyati Chust tumanidagi 3-maktab moddiy texnik bazasini yaxshilash maqsadida, ushbu maktabga 10 mln. soʻm miqdorida mablagʻ taqdim etildi.
Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” megatanlovining “Eng yaxshi jurnalistik material uchun” nominatsiyasi gʻoliblari taqdirlandi.

Quyidagi ishtirokchilar tanlov gʻoliblari deb topildi:

1-oʻrin. Baxodirova Aziza Isroilovna – “Na postu” gazetasida chop etilgan “Nachinaetsya vse odinakovo” tahliliy maqolasi uchun (sovgʻa – Samsung Galaxy S9 smartfoni)

2-oʻrin. Fayzieyva Xolida Ahmadjonovna – “Hurriyat” gazetasida eʼlon qilingan “Qush falsafasi. Hatto goʻrkov ham taʼmagir” nomli tahliliy maqolasi uchun (sovgʻa – Noutbuk)

3-oʻrin. Arslonov Adham Bozorovich – “Mahalla” telekanalidagi “Fikrlar chorrahasi” teledasturi uchun (sovgʻa – televizor).

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting