Oʻzbekistondagi yangi “zagranpasport” qanaqa boʻladi?

0

Yangi xorijga chiqish pasporti – 48 varoqdan iborat, jigarrang hujjat boʻlib, Oʻzbekistonning tarixiy yodgorliklari bilan bezatilgan boʻladi, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz nashri.

Foto: UzNews.uz

Shuningdek, hujjat bezagida suv belgilari, sakkizburchakli pentagramma, rangi almashadigan boʻyoq, muar effekti, metallashgan himoya ipi va laminatsiya qilingan plenkadan foydalaniladi.

Hujjatga elektron chip oʻrnatilgan boʻladi.

Yangi xorij pasportini olish uchun biometrik maʼlumot olish uchun 12ta yangi stansiyalar oʻrnatish rejalashtirilgan, dedi Oʻzbekiston IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi rahbari Qudrat Yoʻldoshev.

Ularning har biri kuniga 180-200 kishiga xizmat koʻrsatishi kutilmoqda.

Hozirda Toshkentda 20ta shunday stansiya faoliyat yuritmoqda.

Yangi hujjatni olish uchun fuqarolar yashash manzili boʻyicha IIV organlariga murojaat etishlari, anketa-arizani toʻldirishlari, fotosurat, pasport nusxasi va mudofaa boʻlimidan maʼlumotnoma (harbiy xizmat majburiy boʻlgan shaxslar uchun) topshirishlari kerak boʻladi.

Davlat boji – eng kam ish haqining 150%ni tashkil qiladi. Hujjat 10 kun oʻtgach tayyor boʻladi.

Voyaga yetmaganlar yangi pasport bilan 5 yilgacha, 16 yoshdan kattalar – 10 yil muddatgacha chegarani kesib oʻtishlari mumkin.

 

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting