Tangalar, naqd pul yoki jvachka: Markaziy bank alohida murojaatni eʼlon qildi

0

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va Markaziy bankining qoʻshma murojaati eʼlon qildi.

Foto: Sputnik

2018-yiln iyul oyidan Markaziy banki tomonidan yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 soʻmlik tangalar muomalaga chiqarilgan.

“Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasiga asosan sotuvchi (ijrochi) isteʼmolchini haq evaziga qoʻshimcha tovarlar sotib olishga yoki qoʻshimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek koʻrsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas. Shu sababli, xarid qilingan tovarlar boʻyicha qaytim oʻrniga sotuvchi tomonidan kam baholi turli tovarlarning qaytarilishidan norozi boʻlsangiz Istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 raqamli “ishonch telefoni”ga murojaat qilishingiz soʻraladi”, – deyilgan murojaatda.

Tadbirkorlar diqqatiga esa, savdo doʻkonlari, supermarketlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, dorixonalar, transport va maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari xaridorlarga qaytim pullarini toʻliq berishni taʼminlash maqsadida, mayda qiymatdagi tangalarni olish yuzasidan xizmat koʻrsatuvchi bank filiallariga murojaat qilishlari lozimligi aytilgan.

Oʻz navbatida, aholi bilan naqd pulda hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi xoʻjalik subyektlari tijorat banklari orqali:

– bankdagi depozit hisobvaraqlaridagi mablagʻlari doirasida mayda qiymatdagi tangalar bilan taʼminlab beriladi;

– banknot koʻrinishidagi naqd pul mablagʻlarini mayda qiymatdagi tangalarga almashtirib olishlari mumkin boʻladi.

Tadbirkorlik subyektlari murojaatlariga asosan banklardan 50, 100, 200, 500 soʻm qiymatdagi tangalarni olishda muammolar yuzaga kelganda, Markaziy bankka murojaat qilishlari mumkin.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting