Qora bozorda dollar kursi pasaymoqda

0

Keyingi kunlarda AQSh dollarining parallel qora bozordagi qiymati yana pasayib 8300/8350 koridorda saqlanib turibdi, deb yozmoqda Davletovuz.

Foto: «Korrespondent O‘zbekiston»

Shuningdek, tijorat banklarining olish va sotish kurslari ham taxminan shu chegaralarda qolmoqda. Valyuta birjasidagi savdolar hajmi maqbullashib, savdolarda qayd etilayotgan kurslar ham quyiga tomon pasayib bormoqda.

Qayd etilishicha, moliyaviy yil yakuniga qadar qolgan davrda kurs trendlarida keskin tebranishlar yuz bermasligi mumkin.

Maʼlumot uchun, dollarning rasmiy kursi bir necha haftadan buyon oshishda davom etmoqda, 4-dekabrdan dollar qiymati oʻtgan haftaga nisbatan +15.65 soʻmga qimmatlashib, 8314.85 soʻmga yetgandi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting