Namanganda nima portladi?

0

6-dekabr kuni tushlik vaqtida Namangan shahri va Mingbuloq, Toʻraqoʻrgʻon, Uychi hamda Chortoq tumanlarida kuchli gumburlash ovozlari eshitilgani va buning sababi Mingbuloqda neft qidirish ishlari bilan bogʻliq ekani haqida internet OAVlarda xabarlar tarqalgandi. Ammo “Oʻzbekneftgaz” mazkur maʼlumotni tasdiqlamadi.

“Biz rasman mazkur maʼlumotning yolgʻon va asossiz ekanini bildiramiz. Hozirda “Mingbuloq” konida oʻzbekistonlik va xitoylik mutaxassislar shtat rejimida M-15 qudugʻida ish olib borishmoqda. 

Shu munosabat bilan fuqarolarga ishonchli manbalarning maʼlumotiga eʼtibor qaratishga, jurnalistlardan esa tasdiqlanmagan maʼlumotlar tarqatmaslik va aholini chalgʻitmaslikni soʻraymiz” — deyiladi kompaniya xabarida.

Shuningdek, “Oʻzbekneftgaz” ochiq axborot siyosati yuritishi va OAV bilan har doim hamkorlikka tayyorligini maʼlum qilgan.

Kuchli gumburlashlarga nima sabab boʻlganiga esa rasmiy axborotda hech qanday aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq portlash metan gaz quyish shahobchasida sodir boʻldi degan xabarlar ham tarqalgan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting