Toshkentda 10-dekabr kuni O‘zbekistondagi birinchi “Delfinlar shou”si boshlanadi (foto)

0

O‘zbekistonda ilk bora uyushtirilayotgan “Delfinlar shou”si O‘zbek davlat sirkida tayyorgarlikni boshlab yubordi, deya xabar bermoqda Madaniyat vazirligi.

Foto: Madaniyat vazirligi

Hozirda ushbu shouni o‘tkazish uchun 3 ta delfin, 2 ta dengiz mushugi va bir dona dengiz arsloni keltirilgan. Ularning barchasining jami vazni 2 315 kilogrammni tashkil etadi.

Foto: Madaniyat vazirligi

— 10-dekabr kuni “Delfinlar shou”sini boshlash arafasidamiz, – deydi O‘zbekistondagi delfin-shou rahbari Abdulaziz Husanov.

Foto: Madaniyat vazirligi

Ushbu suv hayvonlari qizil kitobga kiritilgan sut emizuvchi o‘ta nozik hayvonlar hisoblanadi.Ularni boqish uchun barcha mahsulotlar ham dengizdan keltirilgan bo‘lib, delfinlar yashashi uchun suvning haroratini bir xilda ushlab turish ishlari talab darajasida amalga oshirildi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting