GM Uzbekistan Malibu ishlab chiqarishni to‘xtatadi

0

GM Uzbekistan 31-dekabrdan boshlab Chevrolet Malibu avtomobillarining hozirgi avlodini ishlab chiqarishdan to‘xtaydi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.

Foto: GM Uzbekistan

“Modellar qatorini yangilash borasidagi strategiyasiga muvofiq Chevrolet Malibu avtomobillarining hozirgi avlodi ishlab chiqarishdan to‘xtatiladi. Ushbu modeldagi avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomalar tuzish 2018-yilning 31-dekabriga qadar davom etadi. GM Uzbekistan dilerlik korxonalari bilan birgalikda xaridorlar oldidagi majburiyatlari bajarilishini to‘liq ta’minlaydi hamda avval shartnoma tuzgan xaridorlarga avtomobil to‘liq hajmda yetkazib beriladi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, sentabrda Chevrolet Captiva avtomobilini GM Uzbekistan AJ ishlab chiqarish quvvatlarida yig‘ish yakunlanishi xabar berilgan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting