Toshkent shahrida doimiy propiska qilishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati yana bittaga ko‘paydi

0

Davlat hokimiyati organlariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari rahbarining iltimosnomasiga ko‘ra Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati kengaydi. Bu haqda “Norma.uz” xabar berdi.

Foto: “Zamin.uz”

2018-yilning 4-dekabridan e’tiboran mazkur ro‘yxatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qo‘shildi.

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi PF-5120-sonli Farmoni bilan bevosita davlat rahbariga bo‘ysunuvchi tashkilot sifatida tashkil etildi.

Fuqarolarni doimiy propiska qilish Qonun bilan tasdiqlangan ro‘yxatining 11-bandiga muvofiq davlat hokimiyati organlariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisoslikdagi mutaxassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga ko‘ra, shuningdek ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari) — mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga doimiy propiska qilinadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting