Taniqli xitoy kinoprodyusseri Lo Xao boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi

0

Taniqli xitoy kinoprodyusseri janob Lo Xao boshchiligidagi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Google Images

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-iyuldagi «Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3880-son qarorida belgilangan yo‘l xaritasidagi «Uch shahar» va «Qaxramon» badiiy film loyihalarini amalga oshirish maqsadida taniqli xitoy kinoprodyusseri janob Lo Xao (Mr. LUO HAO) va eng katta xitoy kinokompaniyalaridan biri “Hunan Heguang Media Co., Ltd.” vakillari boshchiligidagi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 6-dekabr kuni soat 9.30 da “O‘zbekkino” Milliy agentligida delegatsiya a’zolari va agentlik rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazish va shu kuni soat 11.00 da O‘zbekiston yoshlar ittifoqi «Press-klubi»da matbuot anjumani bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting