Toshkentda Koreya Toʻqimachilik Texnoparki faoliyatiga bagʻishlangan biznes birifing boʻlib oʻtadi

0

Joriy yilning 6-dekabr soat 10:00 da “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va Koreya Respublikasining Geonji Daejin texnoparki hamkorligida Oʻzbekiston – Koreya Toʻqimachilik Texnoparki faoliyatiga bagʻishlangan biznes birifing boʻlib oʻtadi.

Foto: Sputnik

Tadbirda Koreya texnoparkining delegatsiyasi vakillari, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti rahbarlari, toʻqimachlik korxonalari vakillari ishtirok etadi.

Brifing davomida Janubiy Koreyalik ekspertlar guruhi tomonidan ishtirokchilarga Toshkentdagi toʻqimachilik texnoparki faoliyati va vazifalari, mamlakat toʻqimchilik sanoatini rivojlantirishdagi oʻrni haqida maʼlumotlar taqdim etiladi.

Bundan tashqari brifing yakunida “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va Geonji Daejin texnoparki oʻrtasida toʻqimachilik sohasidagi hamkorlik boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi imzolanishi va shu yilning noyabr oyida Koreya Respublikasida amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlagan soha mutaxassislariga sertifikatlar topshirish marosimi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting