Lifehack: Savodxon dasturi oʻzbek tili imlo qoidalarini bir zumda tekshirib beradi

0

Savodxon dasturi oʻzbek tili imlo qoidalarini ommalashtirish va savodxonlikni targʻib qilish uchun ishlab chiqilgan bepul dasturiy vositadir. Uning yordamida siz matndagi imlo xatolarni aniqlashingiz va kontentingiz sifatini oshirishingiz mumkin.

Savodxon dasturi asos va qoʻshimchalar bazasidan foydalangan holda tekshirish uchun yuborilgan soʻzlarni tahlil qiladi va ular orasidan xato yozilganlarini ajratib beradi. Xato deb topilgan soʻzlarni ostida qizil chiziq bilan ajratiladi. Xato soʻzlar ustiga kursorni olib borib, sichqonchaning oʻng tugmasi bosilganda, dastur shu soʻz uchun toʻgʻri variantlar roʻyxatini taklif qiladi.

Saytda shuningdek MS Word va MS Excel fayllaridagi matnni format va uslublarni saqlab qolgan holda tekshirish mumkin.

Dastur kompyuterda kiritish qiyin boʻlgan Oʻ va Gʻ harflarining belgilarini avtomatik toʻgʻrilab ketadi. U matn ustida ishlovchilar mehnatini yengillashtiradi, vaqtni tejaydi va ish samaradorligini oshiradi.

Dastur uchun API xizmati (https://savodxon.uz/api.html) ham yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, uning yordamida boshqa dasturchilar oʻz saytlarida bevosita matn imlosini tekshirish imkoniyatini yaratib, nafaqat oʻz saytlari saviyasini koʻtarishlari, balki foydalanuvchilari orasida savodxonlikni targʻib qilishlari mumkin.

“Korrespondent.uz” nashri ham ushbu xizmatning WordPress uchun maxsus plaginidan foydalanadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting