Oʻzbekistonda besh yil ichida toʻrtta yirik GES ishga tushiriladi

0

Oʻzbekiston hukumati besh yil ichida quvvati 30 MVtdan yuqori boʻlgan 4 ta GES qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 2024-yilgacha gidroenergetika sohasini 2020-2024-yillarga moʻljallangan rivojlantirish kontsepsiya loyihasida aytilgan.

Foto: News Rambler

Bundan tashqari, respublikada 16 ta kichik GES paydo boʻladi, shuningdek 21 ta GES modernizatsiya qilinadi.

Barcha loyihalarning qiymati – 2,6 milliard dollar, ulardan 600 million dollar kreditga olinadi.

Rejaga koʻra, respublika har yili 2,8 milliard kVt/s koʻproq elektroenergiya olishni boshlaydi.

“Oʻzbekgidroenergo” tuzilmasida 57 ta stantsiyalar boʻlib, 9,3 milliard kVt/s elektroenergiya ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting