Oʻzbekiston aholisi 2035 yilda 43,6 million kishiga yetishi mumkin

0

Oʻzbekiston aholisi 2035-yilga borib 43,6 million kishini tashkil qilishi mumkin, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Darakchi

Vazirlik maʼlumotiga koʻra, 17 yil mobaynida mehnatga layoqatli aholi soni 1,4 baravarga, yaʼni 18,5 milliondan 25,9 million kishigacha oʻsishi mumkin. Jumladan, birinchi marta mehnat bozoriga chiqayotganlar soni 720,2 ming kishini tashkil etishi mumkin.

Vazirlik hisobiga koʻra, mamlakat aholisining umumiy tuzilishida shahar aholisi 17 yil ichida 50,6 %dan 58,7 %gacha koʻpayishi, qishloq aholisi esa 49,4 %dan 41,3 %gacha kamayishi mumkin. Shu bilan birga, erkaklar soni 49,8 %dan 49,5 %gacha kamayishi, ayollar soni esa –  50,2 %dan 50,5 %gacha oʻsishi mumkin.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting