O‘zbekistonda namoyishi taqiqlangan Shahlo Ahmedovaning klipi Rossiyaning “RU.TV” telekanali nazariga tushdi

0

Shahlo Ahmedovaning O‘zbekistonda namoyishi taqiqlangan “Letniye dojdi” klipi Rossiyaning “RU.TV” telekanali tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda, deb xabar berdi “Repost”.

Foto: “Yoshlar.com”

Telekanalning rasmiy saytida “Kel, sinab ko‘ramiz” rukni bo‘lib, unda barcha xohlovchilarga mamlakatning yosh xonandalarini qo‘llab-quvvatlashga chorlanadi. Shahlo Ahmedovaning klipi ham mana shu ruknga joylashtirildi.

Ma’lumot uchun, 13-noyabr kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, xonandaning “Letniye dojdi” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan videoklip ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish etilayotganligi aniqlangan va u litsenziyasidan mahrum qilingan edi.

O‘shanda xonandalarga litsenziya berishga mas’ul tashkilot Shahlo Ahmedovaning klipini “Videoklipda milliy ma’naviyatimizga yot bo‘lgan, tomoshabinlarning e’tiborini jalb etish uchun xalqimiz mentalitetiga zid, sharqona odob-axloq me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlardan ham tap tortmay, yigit va qizning ishqiy kechinmalarini ochiq-oshkora ifoda etib, buni andishasizlarcha tasvirga olib keng ommaga namoyish etgan”, — deya izohlagan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting