O‘zbekistonda minimal ish haqi 577 ming so‘mgacha oshirilishi mumkin

0

O‘zbekistonda minimal ish haqi 577 ming so‘mgacha oshirilishi mumkin. Bu ko‘rsatkich 1-dekabrgacha 456 ming so‘mga teng edi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida joylashtirildi.

Foto: “Turon 24”

O‘zbekistonda minimal ish haqi yagona tarif setkasi koeffitsentlari bo‘yicha hisoblanadi. Hukumat 2019-yil 1-yanvardan quyi razryadlar koeffitsentlarini o‘rtacha 10 foizga oshirishni rejalashtirmoqda.

Bunda tarif setkasidagi koeffitsentlarni anglatuvchi 2,476, 2,725 va 2,998 raqamlari tegishli ravishda 2,847, 2997 va 3,148 raqamlariga almashtiriladi.

Shunda kelgusi yil yanvaridan birinchi, ikkinchi va uchinchi razryadlar bo‘yicha maosh oluvchilar ish haqi 577, 607 va 638 ming so‘mgacha ko‘tariladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting