Toshkentda O‘zbekistondagi ilk “Koreys tili markazi” ochildi

0

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi 2-sonli Toshkent yuridik kolleji binosida “Koreys tili markazi” ochildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad Janubiy Koreyada ishlash istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini koreys tili va ushbu mamlakatda eng ko‘p talab etiladigan mutaxassisliklar bo‘yicha kasblarga o‘qitish orqali ularning munosib ish topishiga ko‘maklashishdir.

Markazning rasmiy ochilish marosimida Koreya Respublikasidagi O‘zbekiston elchixonasi faxriy konsuli, mamlakatdagiO‘zbekiston savdo vakolatxonasi prezidenti, Evergreen Motors group kompaniyasi bosh direktori Eduard Kim, Koreya malakani rivojlantirish instituti prezidenti Kim Yon Se, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Nodirbek Yakubov ishtirok etdi.

Marosimda “Koreys tili markazi” singari o‘quv muassasalarini bosqichma-bosqich Farg‘ona, Qarshi, Nukus va respublikaning boshqa hududlarida tashkillashtirilishi ma’lum qilindi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting