Toshkentda 6 mashina ishtirokidagi YTHda 1 kishi halok bo‘ldi

0

1-dekabr kuni Toshkentning Olmazor tumanidagi Sag‘bon ko‘chasida oltita mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar berdi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

Foto: Xabar.uz

Hyundai avtomobili haydovchisi U. Yo. sog‘lig‘i to‘satdan yomonlashgani sababli mashina boshqaruvini yo‘qotib, piyoda T. I.ni urib yuboradi. So‘ngra yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, «VAZ-2106», Isuzu, Spark va ikki Damas avtomobiliga to‘qnashib ketadi.

YTH natijasida Hyundai haydovchisi shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi, fuqaro T. I, shifoxonaga yotqizildi. Tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting