Katta Bushning o‘limi munosabati bilan Mirziyoyev Donald Trampga hamdardlik izhor etdi

0

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShning 41-prezidenti Jorj Gerbert Uoker Bushning vafot etgani munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampga hamdardlik izhor etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, katta Jorj Bush 30-noyabr kuni 94 yoshda vafot etdi. 1989−1993-yillarda davlat rahbari lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. U AQSh Markaziy razvedkasining 11-direktori (1976−1977-yillarda) hamda mamlakatning 43-vitse-prezidenti ham bo‘lgan (1981−1989-yillarda).

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting