6 C
Tashkent, UZ
Juma, 14-Dekabr 2018

Messi Ronalduni ortda qoldirib, YChLda ikkita rekord qo‘ydi

0

28-noyabr, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 5-turi doirasida “Barselona” jamoasi safarda “PSV Eyndxoven” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Foto: marca.com

Bellashuvda Lionel Messi hisobni ochuvchi golga mualliflik qildi. Bu uning Chempionlar Ligasi guruh bosqichlaridagi 66-o‘yinidagi 66-goli sifatida tarixga kirdi. Natijada u Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi.

Shuningdek, Messi bir klub safida Chempionlar Ligasida gol urish borasida ham Ronaldudan o‘zib ketdi. Messi “Barselona” safida Chempionlar Ligasida 128 ta o‘yin o‘tkazib, 106 ta gol urishga erishdi.

Ronaldu esa “Real” safida 101 o‘yin o‘tkazib, 105 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgandi. Ammo hamon musobaqa tarixidagi eng yaxshi to‘purar Krishtianu Ronaldu bo‘lib turibdi. Portugaliyalik hisobida 121 ta gol bor.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting