O‘zbekistonlik bokschilar Osiyoda eng yaxshi bo‘lish uchun davogarlik qilmoqdalar

0

Osiyo boks konfederatsiyasi (ASBC) qit’ada yilning eng yaxshilarini aniqlash maqsadida so‘rovnoma tashkil qildi. Bir necha yo‘nalishlarda o‘zbekistonlik sportchilar eng yaxshi bo‘lish uchun kurash olib boradilar.

Foto: lebaneseboxing.org

«Yilning eng yaxshi bokschisi» nominatsiyasida ikki nafar sportchi davogarlar qatorida qayd etildi. Jakartadagi Osiyo o‘yinlari g‘oliblari Isroil Madrimov va Iqboljon Xoldorov bu borada eng yaxshi bo‘lish uchun nomzod bo‘lishdi.

Argentina Olimpiadasi, jahon va Osiyo chempionatlari g‘olibi Abdumalik Xalakov qit’ada «Yilning eng yaxshi yosh bokschisi» bo‘lishi mumkin.

Butunjahon boks seriyasida ishtirok etgan eng yaxshi osiyolik bokschi bo‘lish uchun nomzodlar qatorida Bahodir Jalolov va Shahobiddin Zoirov qayd etildi.

«Osiyo boksida yil kashfiyoti» nominatsiyasida Osiyo o‘yinlari g‘olibi Mirazizbek Mirzahalilov, shuningdek kumush medal sohibi Shunqor Abdurasulov ham kurash olib boradi.

«Osiyoda yilning eng yaxshi texnik mutaxassisi» bo‘lish uchun yana bir o‘zbekistonlik sportchi Dilshod Kazakov davogarlik qilmoqda.

Qit’amizning eng yaxshi hakami bo‘lish uchun hamyurtimiz Aleksandr Hamidov kurash olib boradi.

Osiyo o‘yinlarida 7 ta imkoniyatdan 7 ta medal jamg‘ara olgan O‘zbekiston boks federatsiyasi ham qit’ada yilning eng yaxshi federatsiyasi bo‘lish uchun nomzod bo‘ldi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting