Shahram G‘iyosov oltinchi jangida ham raqibini nokaut evaziga mag‘lub etdi

0
24
marta oʻqilgan

Havaskor boksda Olimpiya o‘yinlari sovrindori, jahon chempioni Shahram G‘iyosov professional ringdagi oltinchi jangini o‘tkazdi. Bokschimizga navbatdagi jangda meksikalik Migel Zamudio raqiblik qildi, deya xabar qildi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Foto: Deskgram

Shahram jangni juda faol boshladi. U sakkiz raundga mo‘ljallangan jangning birinchi raundidayoq raqibini nokautga uchratdi va faoliyatidagi oltinchi g‘alabasini tantana qildi.

Ma’lumot uchun, Shahram bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda professional boksda 6 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. 5 ta bahsni u muddatidan oldin yakunlay olgan.

27 yoshli Zamudio esa professional boksda 54 marotaba jang qilishga ulgurgan. Janglarning 41 tasida u g‘alaba qozongan (25 tasi nokaut evaziga). 12 ta jangda esa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan (10 ta nokaut). Yana bitta jangda esa durangga erishgan.