Gruziyada yangi prezident saylandi

0

Gruziyada yangi prezident saylandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Foto: Sputnik

“Kecha boʻlib oʻtgan saylovning 99,7 % byulletenlari hisobiga koʻra, mustaqil nomzod Salome Zurabishvili 59,56 % ovoz toʻplab gʻalabaga erishdi,” – deyilgan xabarda.

Natijalar boʻyicha unga eng yaqin kelgan nomzod Grigol Vashadze 40,44% ovoz toʻplashga muvaffaq boʻlgan.

Bu Gruziyada boʻlib oʻtgan prezident saylovining ikkinchi bosqichi edi. Unda Zurabishvili uchun 1,14 million saylovchilar, Vashadze uchun esa — 778 ming kishi ovoz bergan. Dastlabki hisobga koʻra, saylovda 56,23% saylovchilar ishtirok etgan.

Gruziyada prezident 6 yil mamlakatni boshqaradi. Bu mamlakatda oʻtkazilgan eng soʻnggi umumxalq saylovi boʻladi. Keyingi prezidentlar 300 nafar deputatlar tomonidan saylanadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting