Komilov: Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishning eng muhim sharti global va mintaqaviy darajada umumiy konsensus shakllantirishdan iborat

0

Shavkat Mirziyoev va Ashraf G‘ani tashabbusi bilan 2018-yilning mart oyida o‘tkazilgan Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi xalqaro hamjamiyatning Afg‘onistondagi vaziyatni hal qilish borasidagi sa’y-harakatlarini sezilarli darajada kuchaytirdi.

Foto: “Jahon” AA

Afg‘oniston Islom Respublikasi Hukumati va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tashkil etilgan forumda Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani, 70ga yaqin davlatlar, jumladan Markaziy Osiyo, Hindiston, Eron va Pokiston vakillari ishtirok etdi.

Konferensiya ishtirokchilari tomonidan Afg‘oniston mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish, mintaqaviy hamkorlik tashabbuslari va mexanizmlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Afg‘onistonda mustahkam va uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikka erishishning mumkin bo‘lgan yo‘llari hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Abdullaziz Komilov o‘z nutqida Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik o‘rnatishning eng muhim sharti global va mintaqaviy darajada umumiy konsensus shakllantirishdan iboratligini aytdi. Toshkent deklaratsiyasini amalga oshirish maqsadida Kobul bilan kelishgan holda O‘zbekiston Afg‘onistonning asosiy ichki siyosiy kuchlarining rahbarlari bilan, shuningdek, “Tolibon” harakati vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgan. Vazir ta’kidlaganidek, tomonlarni yarashtirish sa’y-harakati bilan bir qatorda, Afg‘onistonning iqtisodiy kelajagi, ijtimoiy barqarorligi va afg‘on yoshl avlodini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash zarur.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting