Moskva metrosida Oʻzbekiston fuqarosi qurbon boʻldi

0

Seshanba kuni soat 17:00 lar atrofida Moskva metrosining Yugo-Zapadnaya bekatida yoʻlovchi poyezd yoʻliga qulab tushdi, deb xabar qilmoqda metro politsiyasi.

Foto: Sputnik

Xabarda aytilishiga koʻra, mashinist temir  yoʻlga qulab tushgan fuqaroni koʻrib keskin tormozni bosgan,  lekin poyezd inertsiya kuchi bilan yoʻlovchini bosib ketgan.

Voqea joyiga birinchi boʻlib yetib kelgan politsiya xodimlari tez yordam chaqirgan, lekin yoʻlovchi olgan jarohatlaridan vafot etgan. Keyin maʼlum boʻlishicha u 25 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan.

Shundan soʻng metroning “Prospekt Vernadskogo”, “Rumyantsevo”, “Salaryevo” va “Yugo-Zapadnaya”bekatlari bir soat davomida yopib qoʻyilgan. Poyezd haydovchisi aytishiga qaraganda, qurbon boʻlgan fuqaro oʻzini poyezd ostiga tashlagan.

Ayn damda huquqni salash organlari ushbu ish yuzasidan tekshiruv oʻtkazmoqda. Ular guvohlarni soʻroq qilish va kuzatuv kameralari yozuvlarini oʻrganib chiqishmoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting