Putin Alisher Usmonov va uning rafiqasini orden bilan taqdirladi

0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 27-noyabr kuni Kremlda sport va madaniyat arboblariga davlat mukofotlarini topshirdi. Ular orasida oʻzbekistonlik milliarder Alisher Usmonov va uning rafiqasi Irina VinerUsmanova ham bor, deb xabar qildi RIA Novosti.

Foto: Sputnik

Bundan tashqari, artistlar Inna Churikova va Aleksandr Zbruyev, qoʻshiqchi Lev Leshenko va sport murabbiyi Oleg Znarok davlat mukofotiga sazovor boʻlishgan. Kosmonavt-sinovchi Sergey Rijikovga Rossiya faxrli uchuvchi-kosmonavti va Rossiya qahramoni unvoni berildi.

Alisher Usmonov va Irina Viner-Usmonova “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” III va II darajali ordenlari bilan taqdirlandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Viner-Usmonovaning badiiy gimnastika boʻyicha Rossiya terma jamoasi oldidagi xizmatlarini alohida taʼkidlab oʻtdi. Irina Viner-Usmonova badiiy gimnastika boʻyicha Rossiya terma jamoasining bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi.

Oktyabr oyining oxirida asli oʻzbekistonlik boʻlgan taniqli tadbirkor va homiy Alisher Usmonov USM Holdings kompaniya Mail.ru Group boshqaruvini topshirgandi. U oʻz qarorini yuqori texnologiyali kompaniyalarni – iqtidorli va maqsad sari intilgan yosh avlod boshqarishi kerak, deb izohlagandi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting