Tramp Kerch bo‘g‘ozidagi vaziyat tufayli, Putin bilan uchrashuvini bekor qilishi mumkin

0

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Argentinadagi G20 sammitida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan uchrashuv Kerch bo‘g‘ozidagi vaziyat tufayli bekor qilinishi mumkinligini aytdi, deb yozadi “Kommersant”.

Foto: Reuters

Uning ta’kidlashicha, yaqin orada maxsus xizmatlar Rossiya va Ukraina harbiy kemalarining Qora dengizdagi to‘qnashuvi haqida unga “to‘liq hisobot” taqdim etadi.

“U juda kamma ahamiyatga ega bo‘ladi. Ehtimol, uchrashuv bekor qilinishi mumkin. Menga bunday tajovuzkorlik yoqmaydi. Men bu tajovuzkorlikni umuman xohlamayman”, — dedi Tramp.

Buenos-Ayresdagi G20 sammiti 30-noyabr—1-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 25-noyabr kuni Rossiya chegarachilari mamlakat hududiga noqonuniy kirgan uchta Ukraina kemasini to‘xtatib qoldi. 15 nafar ukrainalik dengizchi ikki oyga hibsga olindi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting