Britaniya bosh vaziri mamlakat xalqiga ochiq xat yo‘lladi

0

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey mamlakat xalqiga ochiq xat bilan murojaat qildi. Murojaat matni The Telegraph nashri tomonidan chop etildi.

Foto: BBC

Mey o‘z maktubida mamlakat aholisini uning mahkamasi bilan kelishilgan Yevroittifoq bilan Brexit bo‘yicha kelishuv loyihasini qo‘llab-quvvatlashni so‘ragan.

“2019-yil 29-mart kuni Birlashgan Qirollik Yevropa Ittifoqini tark etadi va xalqimiz hayotida yangi sahifa boshlanadi. Bu yangilanish va kelishuv nuqtasi bo‘lishini istardim. Biz odamlarni mamlakat tuzilmadan chiqishini yoqlab va qarshi ovoz berganlarga ajratishni bas qilishimizni istardim”, — ta’kidlagan Britaniya bosh vaziri.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting