Internet tezligining pastligi inson sog‘lig‘iga jiddiy va salbiy ta’sir qiladi

0

Sekin internet inson so‘g‘lig‘iga jiddiy tahdid solishi mumkin. Ushbu xulosaga Shvetsiyaning bir guruh olimlari tadqiqotlardan so‘ng kelishdi, deb yozadi Life nashri.

Ilmiy loyiha doirasida “Video oqimining kechikishi bilan bog‘liq stress” deb nomlangan tajribaga olimlar 200 ta ko’ngillilardan smartfon va planshetlarda video tomosha qilishlarini so‘rashdi. Shu bilan birga, tadqiqotchilar ko‘ngillilarning pulsi, miya faoliyati va ko‘z harakati tezligini o‘lchashgan.

Tajriba davomida video to‘xtamasdan davom etganida ko‘ngillining ahvoli neytralligi, biroq video bir necha soniyaga to‘xtab-to‘xtab davom etganida ularning yurak urush tezligi sezilarli darajada oshdi.

Aniqlanishicha, bunday paytda odam og‘ir stressga tushgandagiday hissiy stressni boshdan kechiradi.

Insondagi bunday hol psixikaga katta zarar beradi va hatto jiddiy kasallikka olib kelishi mumkin, deya hisoblaydi olimlar.

Avvalroq, Oʻzbekiston internet tezligi boʻyicha jahonda nechanchi oʻrinda turishi ma’lum qilindi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting