Ozoda Nursaidova “Qishloqi” nomli qo‘shig‘iga klip suratga oldi

0

Xonanda Ozoda Saidzoda (Nursaidova) “Qishloqi” nomli taronasiga klip suratga oldi. Bu haqda xonandaning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali ma’lum qildi.

Foto: Ozoda.com

“24-noyabr kuni mening You Tube kanalimda “Qishloqi” qo‘shig‘imga ishlangan mini filmni ko‘ring!”, – deya izoh qoldirdi xonanda.

Klipning treyleri videoxostingda oktabr oyining boshlarida namoyish etilgan edi. 24-noyabrda esa Ozoda You Tube’da klipning to‘liq versiyasini premyera qiladi.

Ozoda Saidzoda o‘zbek estradasida 1994-yildan buyon ijod qiladi. U qo‘shiqchi, bastakor, prodyuser, turli musiqiy loyihalar muallifi, Turkiyadagi “Mesam” bastakorlar uyushmasining a’zosi hisoblanadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting