Jarimalar haqida ma’lumot beruvchi sayt ishga tushdi

0
11745
marta oʻqilgan

Davlat yo‘l hakarati xavfsizligi xizmati (DYHXX) poytaxt chorrahalaridagi kameralar qayd etgan yo‘l harakati qoidalarining buzilgani to‘g‘risida ma’lumot beruvchi dyhxx.uz saytini ishga tushirdi.

Har bir haydovchi saytda shaxsiy kabinet ochishi mumkin, buning uchun pasport ma’lumotlari va mobil telefoni raqamini kiritishi kerak bo‘ladi. Shaxsiy kabinetda o‘z qoidabuzarliklari va jarimalar to‘g‘risida bilib oladi.

Bundan tashqari, haydovchilar jarimalar haqidagi ma’lumotni 8860 qisqa raqamiga avtomobil raqami, texpasport seriyasi va raqami (masalan: 01A123AA AAC1234567) yozilgan SMS-xabarnoma yuborish orqali ham olishlari mumkin. Har bir kirish xabarning narxi – $0,05. Mazkur xizmat hozircha faqat UMS abonentlari uchun amal qiladi.