Qozog‘iston ichki ishlar organlari Yulduz Usmonovaning to‘yda qurolli kishilar qurshovida qo‘shiq kuylagani sabablarini tekshirmoqda (video)

0

Internetda xonanda Yulduz Usmonovaning qurollangan shaxslar qurshovida qo‘shiq kuylayotgani aks etgan video tarqalib ketdi, deb yozadi Sputnik.

Videoga izohda yozilishicha, o‘zbek estradasi primadonnasi Qozog‘istonning Sariog‘och shahridagi to‘yda qo‘shiq kuylagan. Qurollangan kishilar esa — tadbir tashkilotchisi yollagan qo‘riqlov agentligi vakillari deb taxmin etilmoqda.

To‘yda, shuningdek, taniqli qozog‘istonlik qo‘shiqchi Serikbol Saylaubek ham xuddi shunday holatda — o‘sha qurolli kishilar qurshovida chiqish qilgan.

Qozog‘iston ichki ishlar vazirligi tantanada qurolli kishilar ishtirok etgani sabablarini tekshirmoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting