“O‘zbekkonsert”dan litsenziya so‘ragan xonanda San Jeydan soqolini olib tashlashni talab qilishdi

0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Karvon ko‘rdim” qo‘shig‘ining yangicha ijrosi bilan shov-shuvga sabab bo‘lgan xonanda, Checheniston xalq artisti San Jey (Sanjar Javberdiyev) O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga videomurojaat qildi, deb yozadi Turon24.

Foto: Turon24

Asli O‘zbekistonda tug‘ilib-o‘sgan San Jey videomurojaatda “keyingi yillarda O‘zbekistonda bo‘layotgan o‘zgarishlardan xursand ekanini, shu o‘zgarishlardan ilhomlanib yurtga qaytganini” aytib o‘tdi.

“O‘zbekiston uchun, o‘z xalqim uchun o‘z qo‘shiqlarimni o‘zbek tilida yaratib xalqqa sovg‘a qilmoqchiman. Lekin ba’zi bir sabablarga ko‘ra, mening televideniyega chiqishim, radioga chiqishim, davlat tadbirlariga chiqishimga sharoit yo‘q. Chunki menda litsenziya yo‘q. Litsenziya olish uchun menga soqolingni ol deyishayapti. Soqol men uchun – imij. Bu imijni o‘zgartirgim kelmaydi”, – deydi San Jey videomurojaatida.

O‘z o‘rnida ushbu masala yuzasidan Turon24 “O‘zbekkonsert” matbuot kotibi bilan bog‘landi. Suhbat payti matbuot kotibi tashkilot nizomi va boshqa me’yoriy hujjatlarda litsenziya taqdim etilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan sabablar ro‘yxatida xonanda keltirgan vaj yo‘qligini, badiiy kengash avvalo litsenziya talabgorining musiqiy salohiyati va qobiliyatiga qarab baho berishini ma’lum qildi.

“San Jey kerakli hujjatlarni olib kelsa, unga litsenziya berishni qonun doirasida ko‘rib chiqamiz”, – dedi “O‘zbekkonsert” matbuot kotibi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting