Shaxsiy tajriba: Amerikada nimalar qilish mumkin emas

0

Amerika Qo‘shma Shtatlari rang-barang mamlakat, ayniqsa, qonunlari bilan. Ba’zi sobiq Ittifoq respublikalari fuqarolariga tanish bo‘lgan oddiy amallar AQShning ayrim shtatlarida yoki butun mamlakat bo‘ylab taqiqlangan bo‘lishi mumkin.

018 korrespondent uz usa flag

Ogoh amerikaliklar qonun buzilgan hollarda hech qachon “ko‘zlarini yummaydi”. Sud tizimi shu qadar samarali ishlaydiki, ba’zida oddiy holday tuyulgan harakatlar yaxshigina jarima to‘lashga va hatto qamoq jazosini o‘tashgacha olib kelishi mumkin.

Shunday qilib, Qo‘shma Shtatlari hududida bo‘lganda nimalar qilish tavsiya etilmaydi:

019 korrespondent uz usa dron

Odamlar ustidan uchadigan uchuvchisiz qurilmalarni (dronlar) boshqarish

Turli manzaralarni, tadbirlarni yuqoridan tushirilgan videotasvirlarini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Qo‘shma Shtatlarida xuddi O‘zbekistondagiday uchuvchisiz harakatlanadigan qurilmalar ustidan kuchli nazorat o‘rnatilgan. Dronlardan foydalanishda mumkin bo‘lmagan qator taqiqlar mavjud. Ulardan biri – dronlarni odamlar ustidan uchirish.

Agarda siz dron sotib olgan bo‘lsangiz yoki uni o‘zingiz yasagan bo‘lsangiz, undan shunchaki foydalana olmaysiz. Buning uchun qurilmani albatta ro‘yxatdan o‘tkazishingiz kerak. Ro‘yxatdan o‘tish onlayn va arzimagan pul evaziga amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida siz uchuvchisiz qurilmadan foydalanish qoidalarini va uni ishlatishdagi cheklovlar bilan tanishishingiz mumkin. Keyin ma’lumotni tasdiqlash uchun maxsus testdan o‘tasiz. Qachonki sizga shaxsiy raqam jo‘natilsa, shundagina siz drondan qoidalarga amal qilgan holda to‘la-to‘kis foydalanish huquqiga ega bo‘lasiz. Dronni boshqarayotgan vaqtingizda politsiya xodimi sizdan ro‘yxatdan o‘tganingizni tasdiqlovchi hujjatni so‘rashi mumkin. Hujjat bo‘lmagan hollarda dron olib qo‘yiladi, qurilma egasiga esa katta jarima solinadi.

Agar ushbu qurilmani tijoriy maqsadlarda ishlatmoqchi bo‘lsangiz, siz maxsus tijorat litsenziyasini olishingiz kerak. Tijoriy maqsadda foydalanish uchun qoidalar va ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘ladigan pul miqdori boshqacharoq.

020 korrespondent uz copyright

Musiqa va filmlarni bepul yuklab olish

Amerikada intellektual mulk to‘g‘risidagi qonunlar faqatgina qog‘ozda emas, amalda ham qattiq nazorat qilinadi. Bu qonunni buzganlar ham yaxshigina jazolanadi. MDH davlatlarida ham xuddi shu qonunlar bor, biroq aksariyat hollarda qog‘ozdagina. Foydalanuvchilar internetdan filmlarni yuklab olishi qonunni buzish ekanligini anglashi qiyin, chunki barchamiz shunday qilamiz.

Ukraindan oilasi bilan AQShga ko‘chib borgan muhojirlardan biri farzandi uchun internetdan bepul multfilm ko‘chirgani uchun pochtasiga xat kelganini hikoya qiladi. Ushbu maktub ogohlantirish haqida bo‘lib, unda intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun qayta-qayta buzilgan taqdirda foydalanuvchiga katta jarima solinishi yoki hatto qamoqqa olinishi ham mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Internet provayderlar foydalanuvchilarning yuklab olgan fayllarini nazorat qiladi va ma’lumotlarni kerakli joylarga yuboradi.

021 korrespondent uz fish

Baliq ovlash

G‘alati eshitilsa-da, Amerikada istalgan suv havzasiga borib baliq ovlay olmaysiz. Baliq ovlashdan oldin muayyan mavsumdagina amal qiladigan ruxsatnomaga ega bo‘lishingiz lozim. Shunda ham sizga ma’lum miqdordagina baliq ovlashga ruxsat beriladi. Belgilangan miqdordan oshgan baliqlarni suvga qaytadan qo‘yib yuborish kerak bo‘ladi. Ba’zi hollarda ruxsatnomangiz bo‘lsa ham, istalgan vaqtingiz va joyingizda baliq ovlay olmaysiz.

Qo‘shma Shtatlaridagi suv havzalarida politsiyaning maxsus xodimlari tez-tez reydlar o‘tkazib turadi. Ruxsatnomasi bo‘lmagan hollarda ovchilarga katta jarima solinadi.

022 korrespondent uz dog

Itingiz ortidan tozalashingiz shart

Ha, bu har kim uchun katta jarima olishi mumkin bo‘lgan jiddiy qonunbuzarlik. AQShda yashil maysalar ustidan yurar ekansiz, kutilmagan “syurprizlarga duch kelishingiz amri mahol. Garchi har to‘rtinchi xonadonda kuchuklar bo‘lsada. Birinchidan ko‘chalarda ogohlantiruvchi stendlar o‘rnatilgan, ikkinchidan darhol politsiyaga qo‘ngiroq qiluvchi befarq bo‘lmagan qo‘shnilar va yo‘lovchilar qoidalarni ikkinchi bor buzmasligingizga majbur qilishadi.

023 korrespondent uz post office

Pochta qutilarida biror narsa qoldirish

O‘z pochta qutisida qaysidir partiyaning bepul gazetasi, turli firma va do‘konlarning reklama bukletlarini uchratmagan odam bo‘lmasa kerak. Amerikada pochta qutisiga o‘zboshimchalik bilan mamlakat pochta markasi yopishtirilmagan biror narsa tashlash – qonun buzilishi hisoblanadi. Qonunni buzganlik uchun jazo har bir qonun buzilishi uchun 5 000 dollardan yuqori bo‘lishi mumkin.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting