AIBA prezidentligiga saylangan Gʻofur Rahimov Oʻzbekistonga keldi

0

AIBA prezidenti Gʻofur Rahimov Toshkentga keldi, deb xabar qildi Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.

015 korrespondent uz gafur rakhimov
Foto: Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati

Gʻofur Rahimovni  Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Umid Ahmadjonov va Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyevlar kutib olishdi.

Eslatib oʻtamiz, 2-3-noyabr kunlari Moskva shahrida Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi (AIBA)ning navbatdagi Kongressi boʻlib oʻtgandi.

Kongress davomida Gʻofur Rahimov AIBA prezidentlik saylovida ishtirok etgan va yakunda gʻalaba qozonib, tashkilot rahbariga aylangandi.

013 korrespondent uz gafur rakhimov
Foto: Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati

Gʻofur Rahimov 2022-yilgacha AIBA prezidenti sifatida faoliyat olib boradi.

Avvalroq, G‘ofur Rahimov Gulnora Karimova bilan ziddiyatining sababi va nega O‘zbekistonni tark etgani haqida intervyu bergan edi.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting