“Toshkent—Termiz—Toshkent” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezd haftasiga uch marta qatnaydi

0

“Toshkent—Termiz—Toshkent” yo‘nalishida qatnayotgan 4/3-sonli yo‘lovchi poyezdi joriy yil 16-noyabridan boshlab haftaning 3 kunida Termizgacha qatnovni amalga oshiradi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati ma’lum qildi.

011 korrespondent uz termiz
Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari”

Poyezd haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari soat 08:53 da Toshkent janubiy vokzalidan yo‘lga chiqib, soat 20:19 da Termiz vokzaliga kirib boradi.

Shanba, yakshanba va dushanba kunlari soat 06:40da ortga qaytib, soat 18:26 da poytaxtga kirib keladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting